ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT sportchilari ishtirokida fleshmob bo‘lib o‘tdi

Fleshmobda 100 da ortiq sportchilar, 2000 ga yaqin tomoshabinlar va qiziquvchilar ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Bugun Toshkentdagi Milliy bog‘ sayilgohida ShHT rahbarlari sammiti doirasida ShHT davlatlaridan kelgan taniqli sportchilar ishtirokida fleshmob bo‘lib o‘tdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Master-klassi s uchastiyem sportsmenov iz stran ShOS proshli v Tashkente
Unda boks, og‘ir atletika, kurash, shaxmat, qilichbozlik, badiiy gimnastika va boshqa sport turlari bo‘yicha taniqli sportchilar qatnashdi.
Shuningdek, Shanxay hamkorligi tashkiloti davlatlaridan kelgan sportchilar o‘rtasida maxsus ommaviy parad ham bo‘lib o‘tdi. Fleshmobda jami 100 da ortiq sportchilar, 2000 ga yaqin tomoshabinlar va qiziquvchilar ishtirok etdi.
Master-klassi s uchastiyem sportsmenov iz stran ShOS proshli v Tashkente
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar davlat rahbarlarining sammiti boshlandi, unda 15 ga yaqin davlat yetakchilari va 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Master-klassi s uchastiyem sportsmenov iz stran ShOS proshli v Tashkente
O‘zbekiston 2021-yil sentabr oyida ShHTga raislik qilgan edi. O‘tgan davr mobaynida ShHT doirasida 80 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi ular natijasida Samarqand sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan 30 ta hujjatlar tayyorlandi.
Master-klassi s uchastiyem sportsmenov iz stran ShOS proshli v Tashkente