Annals of Internal Medicine jurnalida keltirilgan xabarga ko‘ra, bir kunda ikki chashka qora choy umrni uzaytirish xususiyatiga ega.
Tadqiqotchilar Sog‘liqni saqlash milliy institutining Britaniya biobanki ma’lumotlaridan foydalanishgan. Unga ko‘ra, 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan yarim million nafar erkak va ayolning 85% i muntazam ravishda choy iste’mol qilgan.
Natijalarga ko‘ra, muntazam choy iste’mol qilish o‘lim ko‘rsatkichini 10-yil mobaynida 9-13% ga kamaytiradi . Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan insonlarda choyning umr uzaytirishi ijobiy natija ko‘rsatgan.
Tadqiqotchilaring aytishlaricha, ushbu natija “muhim taraqqiyot” hisoblanadi. Chunki xuddi shunday tadqiqot avvalari eng ko‘p choy iste’mol qilinadigan Osiyo mamlakatlarida olib borilgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, choy aynan qanday qilib umrni uzaytirishga ta’sir qilishini to‘laligicha aniqlanmagan. Chunki bu inson salomatligining boshqa mezonlariga ham bog‘liq.