TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Ukrainada olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiya doirasida 9-sentabrning asosiy voqealari, RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiya Qurolli kuchlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Ukraina QKning bir necha hujumlarini to‘xtatdi, Ukraina qo‘shinlari ko‘plab yo‘qotishlar bilan orqaga chekindi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Rossiya qurolli kuchlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida bir sutkada 270 dan ortiq ukrainalik jangarilarni yo‘q qildi.
Ukraina qo‘shinlarining Xarkov viloyatini o‘qqa tutish intensivligi besh barobar oshdi, ma’muriyat rahbarining ta’kidlashicha, Izum, Shevchenkov, Kupansk va Balakleya aholisini evakuatsiya qilish boshlandi.
Mudofaa vazirligi qo‘shin va texnikaning Xarkovga yo‘naltirilishi aks etgan kadrlarni e’lon qildi.
Xarkov viloyatida HIMARS reaktiv sht ochish tizimi, Zaporoje viloyatida M777 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Ukraina qo‘shinlari Doneskdagi gospital binosini o‘qqa tutdi, juma kuni DXRdagi otishmalar oqibatida 7 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 27 nafari yaralandi.
Rossiya MAGATE hisoboti va Zaporojye AESi bo‘yicha takliflarni o‘rganmoqda, ammo javob berish uchun vaqt kerak, dedi Rossiya TIV.
Mariupolda Rossi Mudofaa vazirligi iuruvchilari tomoidan iurib bitkazilgan yangi binolardagi kvartiralarning kalitlari egalariga topshirildi. Aynida damda dastlabki uchta kshp xonadonli uylar foydalanishga topshirildi.
BMT vakillarining Yelenovkaga tashrifi kechikmoqda. Esatib o‘tamiz, ushbu aholi punktida joylashgan Azovstalda taslim bo‘lgan ukrain millatchilarining vaqtincha qamoqxonasi o‘qqa tutilishi oqibatida 50ka yaqin kishi qurbon bo‘lgan edi.