TOShKENT, 9 sen - Sputnik, Lidiya Isamova. AQSh Tojikiston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish va asosiy erkinliklarni rag‘batlantirishni intiqlik bilan kutmoqda, Davlat kotibi Entoni Blinken, Tojikistonning 31-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik telegrammasida.
"Biz barqaror va farovon jamiyat asosini tashkil etuvchi asosiy erkinliklarni ta’minlash hamda xavfsizlik sohasidagi hamkorligimizni kengaytirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Biz, global iqlim o‘zgarishiga, inson huquqlari muammolarni hal qilishda va savdo va investitsiya imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, mintaqaviy hamkorligimiz mustahkamlanib borishiga ishonchim komil", - deyilgan tabriknomada.
Blinkenning qayd etishicha, AQSh va Tojikiston umumiy maqsadlarga erishish uchun, son-sanoqsiz madaniy va xalqlaro aloqalarga, shuningdek terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashish uchun nafaqat Tojikiston balki butun mintaqa va dunyo miqyosida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
“O‘tgan yil davomida har ikki davlat global o‘zgarishlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa-da, Qo‘shma Shtatlar Tojikiston barqarorligi va farovonligi tarafdori bo‘lib qolmoqda”, — deb so‘zini yakunlagan davlat kotibi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Toshkentda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Patrushev AQShning Tojikistondagi markaziy qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan “Mintaqaviy hamkorlik 2022” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlaridan xavotir bildirgan edi, biroq Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda Tojikiston Rossiya bilan strategik hamkorlikka qilayotgani va bu o‘zgarishsiz qolayotganini, shuningdek ikki davlat munosabatlariga hech narsa tahdid solmayotganini ta’kidlagan edi.