73 yoshli Charlz III Buyuk Britaniya qiroli deb e’lon qilindi

Charlz rasman Buyuk Britaniya va Shimoliya Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli deb e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Bugun Valiahdlik kengashi Charlz Filip Artur Jorjni rasman Buyuk Britaniya qiroli - Charlz III deb e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Charlz III onasi qirolicha Yelizaveta II xotirasiga bag‘ishlangan nutq so‘zladi va an’anaviy qasamod bitilgan hujjatni imzoladi.
Ma’lumot uchun, Charlz III bir vaqtning o‘zida 14 davlat qiroliga aylandi. Ular orasida Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Grenada, Papua Yangi Gvineya, Yamayka va boshqalar bor.
Tegishli deklaratsiyani taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha-konsort Kamilla, Jamoatlar palatasi rahbari va Kengash lord prezidenti Penni Mordaunt, Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass va Kenterberiy arxiyepiskopi imzolagan.
Marhum qirolicha uchun motam belgisi sifatida – marosim ustasidan tashqari barcha ishtirokchilar qora yoki binafsha rangda kiyingan.
Elatib o‘tamiz, qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. Uning o‘g‘li, 73 yoshli shahzoda Charlz avtomatik tarzda qirolga aylandi va o‘ziga Charlz III nomini oldi.