TOShKENT, 9 sen - Sputnik. “O‘zatom” agentligining yosh mutaxassislari Avgust oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan energetika va sanoat sohasiga bag‘ishlangan “Forsaj” xalqaro forumida ishtirok etishdi.
“Territorii. Texnologii. Lyudi” (“Hududlar.Texnologiyalar.Odamlar”) mavzusida o‘tkazilgan forumda 72 mintaqadan 333 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
“Atom sohasida Rossiya bizdan oldinda, chunki federatsiyada 14 taga yaqin Atom stansiya ishlab turibdi. Ilm-fan sohasida ham MiFi instituti 75-yildan buyon ishlaydi. Tajriba ularda juda katta”,- dedi ishtirokchilardan biri “Uzatom” agentligi Ekologik xavfsizlik bo‘yicha bosh mutaxassis Feruz Dilmurodov.
Forumda Rossiyaning 15 ga yaqin ishlab chiqarishdagi kuchli mutaxassislari bilan suhbatlashdik. Ular o‘zini ishlab chiqarayotgan jarayonlarda har xil bo‘layotgan hodisalarini bizga aytib berishdi. Rossiyaning top kompaniyalarining spikerlari o‘zlarining foydali maslahatlarini bizga ulashishdi.”
Endilikda “Rosatom” agentligi bilan “Uzatom” agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish yanada kengroq yo‘lga qo‘yiladi.
“Hamma taassurotlar o‘ziga xos bo‘ldi, Rossiya mutaxassislarining tajribasi, noyob atmosfera, so‘lim tabiati bizga yoqdi. Energetika sohasida shunchaki ofisda o‘tirmasdan, ochiq tabiatga chiqish, atrof-muhitni o‘rganish va baholash naqadar muhim ekanligini his qildik”, dedi “Uzatom” agentligi “Informatsion xavfsizlik va informatsion-kommunikatsiya texnologiyalar” bo‘limi boshlig‘i Shahzod Shokirov.
“O‘zatom” agentligi kelgusida har yili yosh mutaxassislarni mazkur forumga yuborishni reja qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil sentabr oyida Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining (NIYaU MIFI) Toshkent maxsus filiali ochilgan edi.
Bugungi kunda filialda 170 nafar talaba “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi”, “Elektr energetikasi va elektrotexnika” kabi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olmoqda.
O‘quv jarayoni MIFI dasturi bo‘yicha olib borilmoqda, OTMga Rossiya va O‘zbekistonning eng malakali professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.