Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiylari jurnalistni muqarrar o‘limga jo‘natishdi, lekin u omon qoldi - video

Ularning maqsadi - jurnalist o‘limida Rossiyani ayblab, G‘arb ommaviy axborot vositalarida keng tashviqot qilish bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Rossiya harbiylari jang maydoniga Ukraina tomonidan kirib kelgan italiyalik jurnalistning hayotini saqlab qolishdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Voqea 29-avgust kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishi bo‘yicha qarshi hujumga muvaffaqiyatsiz urinishlari davomida sodir bo‘ldi.
Ukraina QK harbiy kiyimini kiygan ikki kishi italiyalik harbiy jurnalist Mattia Sorbinini harbiy haraktalar bo‘layotgan hududga kuzatib qo‘yishni va’da berishadi. Ular ukraina pozitsiyalari orqali faol janglar bo‘layotgan hududga taksida kirib kelishadi.
Jangovar harakatlar sodir bo‘layotgan hududga yaqindashganda ukrainalik hamrohlar to‘satdan mashinani to‘xtatishni so‘rashadi va o‘zlari mashinadan tushishadi va taksi haydovchisiga keyingi harakat yo‘nalishini ko‘rsatdilar. Lekin bu yo‘nalish Ukraina qurolli kuchlari tomonidan minalashtirilganini yashirishadi.
Harkatlanib kelayotgan mashina minada portlab ketadi. Haydovchi voqea joyida qurbon bo‘ladi, jurnalist Mattia Sorbi esa og‘ir jarohat oladi.
Fuqarolik avtomobilining minada portlatilganini ko‘rgan rossiyalik harbiy xizmatchilar Ukraina pozitsiyalaridan kuchli o‘q uzganiga qaramay, oldinga siljib, Mattia Sorbini yonayotgan mashinadan olib chiqishadi. Voqea joyida rossiyalik harbiylar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, xavfsiz joygacha ko‘tarib borishadi va og‘ir yaralangan jurnalistni shoshilinch tibbiy muassasaga jo‘natishadi.
Rossiya Mudofaa vazirligining surishtiriuvlari va xulosasiga ko‘ra, bu provokatsiyaning maqsadi - jurnalistning o‘limini uyushtirish va keyinchalik Rossiyani bunda ayblab, G‘arb ommaviy axborot vositalarida keng tashviqot qilish bo‘lgan.
Ayni paytda ko‘plab shrapnel jarohatlari bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan Mattia Sorbiga zarur malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uning sog‘lig‘i barqaror.