ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT sport elchilari Toshkentda mahorat darslari o‘tkazadi

"ShHT sport elchilari" tadbiri doirasida 10-sentabr kuni Milliy bog‘da professional sportchilar ishtirokida mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Bugun “International hotel Tashkent” mehmonxonasining “Crystal ballroom” zalida “ShHT sport elchilari” matbuot anjuman bo‘lib o‘tdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“ShHT doirasida O‘zbekistonda ilk bor sportni rivojlantirishga katta e’tiblr qaratilmoqda. Ishonamanki, bizning sportchilar ishonchimizni oqlashpdi”, dedi Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov.
10 sentabrda Milliy bog‘da professional chempion sportchilar ishtirokida mahorat darslari va sport fleshmob tashkil etiladi.
Sport bu tinchlik va do‘stlik rishtalarining ramzi, har bir sportchi o‘z mahorati ila ana shu rishtalarni mustahkamlaydi. Men Toshkentdagi katta fleshmobda ishtirok etayotganimdan juda ham xursandman", dedi Tokio-2020 olimpiadasi sovrindori qozog‘istonlkk Qamshibek Qonqabayev.
“O‘zbekistonda boks juda rivojlanmoqda. Men hozirda Bahodir Jalolov boks maktabini ochdim, kelgusida vatanga foydasi tegadigan sportchilar yetishib chiqarish niyatidaman. Hozirda murabbiyim To‘lqin Qilichev bilan 25 ta havaskorlarni qabul qildik", dedi boks bo‘yicha jahon chempioni Bahodir Jalolov.
“O‘zbekistonda nafaqat milliy sport, balki xalqaro sport ham rivojlanmoqda. ShHT sammiti doirasida ham aynan xalqaro sport musobaqalarining tashkillashtirilishi quvonarli albatta”, dedi Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov.