TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Bu haqida prezident matbuot kotibi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Ul zot 70-yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi edi", deyiladi davlat rahbarining ta’ziyanomasida.