Rossiya Yevropaning dahshatli tushini haqiqatga aylantiradi - Forbes

Forbes sharhlovchisi energetik fiasko Yevropa sanoatining bir qismini tiz cho‘ktirishi mumkinligini, xususan Germaniya sanoatining 65% to‘xtab qolishi mumkinligini bashorat qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Forbes tahlilchisi Den Runkevichus "Gaz iste’moliga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar Yevropa uchun kollapsga aylanishi mumkin", deb yozmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning fikrina ko‘ra, energiya manbaalari borasida YeI to‘liq Rossiyaga qaram, chunki u o‘z energiyasining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini tabiiy gazdan ishlab chiqaradi, uning 40 foizi “Shimoliy oqim”dan olinadi.
Maqolada qayd etilishicha, energiya narxining keskin oshishi ortidan Yevropa rahbarlari 375 milliard dollarlik qutqaruv budjet paketini qabul qilishga qaror qilishdi. Faqat Buyuk Britaniyaning o‘zi energiya narxlarini kompensatsiya qilish uchun keyingi 18 oy ichida 150 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Goldman Sachs hisob-kitoblariga iqtibos keltirgan holda, agar Rossiya “Shimoliy oqim” orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatsa, Germaniyaning normalar joriy etishdan boshqa chorasi qolmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni 65 foizga qisqartirishga olib keladi.
“Boshqacha qilib aytganda, bu energetik fiasko Yevropa sanoatining bir qismini tiz cho‘ktirishi mumkin. Eng yomoni, hatto Yevropa birlashtirgan 375 milliard dollarlik budjet paketi ham uni tejab qolmasligi mumkin, chunki siz, pulingiz qancha ko‘p bo‘lmasin, mavjud bo‘lmagan miqdordagi gazni sotib ola olmaysiz, deb xulosa qilinadi maqolada.
Avvalroq "Gazprom" rejali texnik xizmat ko‘rsatish uchun “Shimoliy oqim”ning ishlayotgan yagona "Trent 60" turbinasini 3 kunga to‘xtatishini e’lon qilgan edi. Ushbu xabardan so‘ng gaz narxi dastlab 2700 dollardan oshdi, keyin esa eng yuqori cho‘qqi 3500 AQSh dollari chegarasidan oshib, 3892 dollarga yetgan edi.