Qora dengizda Ruminiya harbiy kemasi minaga urilib portladi

Ruminiya harbiy dengiz kuchlari ma’lumotiga ko‘ra kema minani zararsizlantirishi kerak edi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Ruminiya harbiy kemasi Qora dengizdagi Konstansa porti hududida zararsizlantirmoqchi bo‘lgan minaga borib urildi. Bu haqida RIA novosti mamlakat harbiy dengiz kuchlariga tayanib xabar berdi.
"Leytenant Dimitrie Nikolesku" kemasi 8-sentabr kuni soat 17:45 atrofida minalar suzib yurgan hududga ularni zararsizlantirish uchun kelgan. Garchi, qorong‘u tushgani uchun barcha xavfsizlik choralari ko‘rilganiga qaramay, ob-havo noqulayligi sababli kema oqim oqizib kelgan minaga borib urilgan", deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mina portlashi natijasida kemada teshik paydo bo‘lgan. Kemaning 75 kishidan iborat ekipaj a’zolari jabr ko‘rmagan.
Ruminiya harbiy dengiz kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra, zarar ko‘rgan kemani tortib kelishi uchun voqea joyiga "Grozavul" kemasi jo‘natilgan.
Budapesht ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyidan to sentabrgacha Qora dengizning g‘arbiy qismida 28 ta dengiz minasi yo‘q qilingan.