TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8-sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqida Bukingem saroyi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq qirolichaning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ma’lum qilingandi. Yelizaveta II doimiy shifokor nazorati ostida bo‘lgan.
Shuningdek, o‘g‘li va taxt vorisi shahzoda Charlz o‘g‘li shahzoda Uilyam bilan birga zudlik bilan Balmoral qasriga borganligi xabar qilingan. U yerga boshqa yaqin oila a’zolari ham yetib kelishgan.
Qirolicha vafotidan so‘ng uning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlz taxtga merosxo‘r bo‘ldi. U qirol Charlz III bo‘ldi.
Mamlakatda 12 kunlik motam e’lon qilinadi. Britaniyaning barcha sobiq mustamlakalarida ham xuddi shunday tartib amal qiladi. Qirolicha vafoti munosabati bilan saroyda Britaniya bayrog‘i tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dunyodagi eng uzoq hukmronlik qilgan ikkinchi va Buyuk Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxdir.
Yelizaveta II 1926-yilda tug‘ilgan. U 1952-yil 6-fevralda otasi qirol Jorj VI vafotidan so‘ng taxtga o‘tirdi. 2022-yilda qirolicha o‘z hukmronligining platina yilligini nishonladi.