Shifokor-nevrolog Oleg Lenev maktab yoshidagi bolalarning ratsioniga qaysi mahsulotlarni kiritish kerakligini aytdi.
Mutaxassisning aytishicha, kognitiv funksiyalarni rivojlantirish va markaziy nerv tizimini yaxshilash uchun maktab yoshidagi bolalar yong‘oq iste’mol qilishi zarur.
“Yong‘oq tarkibida araxidon kislotasi bo‘lib, u bosh miyada quvvat jarayonlarini yaxshilaydi. Shu sababli, agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, yong‘oq iste’mol qilish bolalar salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, yong‘oqni asal bilan iste’mol qilish yoki tarkibida V guruhi vitaminlari bo‘lgan mahsulotlar ham miya kognitiv faoliyatini yaxshilaydi”, - deydi shifokor.
Shuningdek, rezavorlar ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun foydali. Qorag‘at va shu kabi mevalar mikroelementlarga boy bo‘lib, ko‘z mikrotsirkulyatsisiga ijobiy ta’sir qiladi.