TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Tailandda bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida VII Osiyo chempionati bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar OChda umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Tailandning Chonburi shahrida 4-8 sentabr kunlari VII Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda 12 davlatidan 100 nafardan ziyod iqtidorli polvonlar g‘oliblik uchun bellashishdi.
VII Osiyo chempionati
© Sportni rivojlantirish vazirligi
“Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarning 13 nafari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishning uddasidan chiqdi. Osiyo chempionatida yana bitta kumush hamda 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan yosh kurashchilarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati g‘oliblari bugun soat 13:20da Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinadi.