TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Deputatlar Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Imamovich Norov nomzodini ma’qullashdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qullashdi.
"Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi", deyiladi xabarda.
Vladimir Norov shu paytga qadar Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi edi.