Bo‘sh turgan binolarda mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi

Prezident qarori bilan foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlarining soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliqlar natijasida hosil bo‘lgan qarzlar hisobdan chiqarildi. Bu haqida prezidentning PF–218-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:
mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
2022 yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to‘lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga va ushbu obyektlar bilan band yerlarga mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilingan.