TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida O‘zbekistonda Rossiya, Xitoy va Mo‘g‘ulistonning uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Bu haqida Rossiya yetakchisi Vladivostokda bo‘lib o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Mo‘g‘uliston bosh vaziri bilan ikki tomonlama uchrashuvda chog‘ida aytib o‘tdi.
“Tez orada O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilgan, u yerda Xitoy Xalq Respublikasi raisi ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkaziladi”, deydi Putin Mo‘g‘uliston bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene bilan ikki tomonlama uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir ShHT yetakchilarining 2019-yildan buyon ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi.