TOShKENT, 8 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentda boshlangan 14 ayol parlament rahbarlari sammiti ishtirokchilarga murojaat qildi.
Prezident Murojaatini Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.
"Hurmatli Parlamentlararo ittifoq prezidenti, Hurmatli Bosh kotib, hurmatli milliy parlamentlar spikerlari!
Dunyo mamlakatlari milliy parlamentlarining ayol rahbarlar 14-sammitida ishtirokchilarini qutlashdan juda xursandman.
Milliy parlamentlar rahbarlari uchrashuvi O‘zbekistonda ilk bor bo‘lib o‘tmoqda. Biz buni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik islohotlarning, jumladan parlamentchilik va gender siyosati sohalarida, tan olinishi deb bilamiz.
2005 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu parlamentlararo sammit hamkorlikning muhim platformasiga aylandi va demokratik jarayonlarning hamda fuqaro jamiyatining rivojlanishiga jiddiy hissa qo‘shmoqda.
Bugungi forum kun tartibi ham dolzarb mavzularga bag‘ishlangan bo‘lib u jamiyat va siyosatda ayollar o‘rni oshib borayotgani, milliy va xalqaro darajadagi muhim jarayonlarda ayollar ishtirokiga bag‘ishlanadi.
Biz O‘zbekistonda ishonchimiz komilki, gender tenglik bu - jamiyat va demokratik jarayonlarning rivojlanishining muhim elementi ekaniga ishonamiz. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatda ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvida keng va faol ishtirokini ta’minlash, ularning salohotalarni namoyon qilish uchun respublikada barcha sharoitlarni yaramoqdamiz.
Faqat so‘nggi bir necha yillar ichida O‘zbekistonda ayollar huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan 40dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Buning natijasida davlat boshqaruv tizimida ayollar soni oshib bormoqda. Bugun bizning parlamentimizda ayollar ulushi uchdan birni tashkil qiladi. Shuningdek O‘zbekiston “Siyosatda ayollar” reytingida o‘z o‘rnini mustahkamlab, ushbu sohada muvaffaqiyatga erishgan davlatlar qatoriga qo‘shildi.
Aytish joizki so‘nggi 5-yil ichida O‘zbekistonda eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilish islohotlarni olg‘a surishda, milliy parlamentning roli kuchaydi. Ijroiy hukumat ustidan parlament nazorati kuchaydi. Hukumat a’zolarini parlament tasdig‘idan keyin tayinlash amaliyoti tatbiq etildi.
Biz yaqinda bo‘lib o‘tadigan konstitutsion islohotlar doirasida ham qonunchilik hukumatining mavqeyini oshirishni rejalashtirganmiz.
Parlmentlararo Ittifoq bilan aloqalarimiz rivojlanib borayotganidan mamnunmiz. Uning tavsiyasiga ko‘ra Oliy Majlisda BMT Barqaror rivojlanishning maqsadlariga erishish hamda Inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha parlament komissiyalari tashkil qilingan. Bizning vakillarimiz Parlamentlararo Ittifoq faoliyatida faol ishtirok etib, uning faoliyatiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Buning yorqin misoli sifatida o‘tgan yili Buxoroda bo‘lib o‘tgan BMT Barqaror rivojlanishning maqsadlariga bag‘ishlangan Xalqaro parlamentlararo forumini aytish mumkin. Biz kelajakda ham Parlamentlararo Ittifoq bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz.
Ishonchim komilki Parlamentlararo Ittifoqning ko‘p formatli maydoni xalqaro kun tartibining dolzarb mavzulari bo‘yicha samarali yechimlar topishga xizmat qiladi. Sammitning barcha ishtirokchilariga samarali mehnat va muvofaqqiyat ttilayman", - deyilgan Shavkat Mirziyoyeyev murojaatnomasida.
Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti o‘z ishini boshladi. Ushbu Sammit MDH hududida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tmoqda.
Sammitida BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 ta davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda. Anjuman mavzusi “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta’minlashda xavf-xatarlarni baholash”.