TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentlar ayol rahbarlarining xalqaro sammitida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turgan Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisining o‘rinbosari Galina Karelovani qabul qildi.
Davlat rahbari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida keyingi yillarda yuksak darajaga erishilganini, ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shuningdek, prezident qabulida Turkmaniston Milliy kengashi majlisi Raisi Gulshat Mammedova va Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarova bo‘ldi.
Mirziyoyev Mammedova bilan uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarning bugungi yuksak darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal Predsedatelya Medjlisa Milli Gengesha Turkmenistana Gulshat Mammedovu
Gafarova bilan uchrashuvda O‘zbekiston rahbari oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq har tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib, amaliy hamkorlik kengayib borayotgani alohida qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal Predsedatelya Milli Medjlisa Azerbaydjana Saxibu Gafarovu, uchastvuyushuyu v sammite jenshin-rukovoditeley natsionalnix parlamentov v nashey stolitse.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti boshlangani xabar qilingan edi. Bu tadbir ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda. Sammitda ishtirokchilar “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta’minlashda xavf-xatarlarni baholash” mavzusini ko‘rib chiqishadi. Xususan, ular pandemiyadan global tiklanishiga to‘sqinlik qilayotgan xatarlarni bartaraf etish masalasini muhokama etishadi.