Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 7-sentabrning asosiy xabarlari

Pentagon Ukrainaga Excalibur nomli GPS yordamida nishonga yo‘naltiriladigan snaralarini yetkazib berdi - OAV.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada olib borilayotgan maxsus operatsiya bo‘yicha 7-sentabrning asosiy voqealarini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Donesk Xalq Respublikasining Kodema qishlog‘i millatchilardan to‘liq ozod qildi.
️Xarkov viloyati ma’muriyati Balakleyaning qisman taslim bo‘lgani haqidagi xabarlarni inkor etib, ularni yolg‘on va provokatsiya deb atadi.
️Ukraina harbiylari Xarkov viloyatining Kupansk shahridagi ijtimoiy obyektlarga, jumladan, Balakleyadan kelgan qochqinlarni o‘tkazish punktiga raketa hujumi uyushtirdi.
️Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlari yangi hujum urinishlarini amalga oshirmadi. Kun davomida ukrainaliklarning yo‘qotishlari 150 kishidan oshdi.
Ukrainaning Krivoy Rog yaqinidagi harbiy texnika saqlanadigan yirik yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi.
Ukraina Qurolli kuchlari tomonidn Zaporojye AESiga raketa va dronlar yordamida zraba berish to‘xtamayotgani tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rosatomga" ZAES xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqarish vazifasini topshirdi.
So‘nggi damda (8 sentabr) olingan xabarlarga ko‘ra, Pentagon Ukrainaga Excalibur nomli snaradlarini yetkazib bergan. Ushbu snaradlar GPS yordamida nishonga yo‘naltiriladi va AQSh armiyasining eng aniq snaradi hisoblanadi (Bloomberg).