Kirakashlik uchun litsenziya olish osonlashdi

Litsenziya YaIDXP orqali rasmiylashtirilganda davlat boji 10 foizga kam bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi. Bu haqda Adliya vazirli xabar berdi.
Haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.
Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan shaxsan kelib litsenziya varaqasini olishi mumkin. Litsenziya muddati 1-yil. DXM orqali olganda 300 ming so‘m davlat bojini to‘laydi.
my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega bo‘lishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1-yil uchun 300 ming so‘m ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. Ijtimoiy soliq to‘lash o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilgan.