Erdog‘an: narxlar o‘sishi Yevropani vahimaga solyapti

Turkiya prezidenti qish arafasida G‘arb mamlakatlari paytavasiga qurt tushganini ma’lum qildi. Ularni energiya resurslari narxi o‘sishi vahimaga solyapti.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. G‘arb mamlakatlari o‘sib borayotgan narxlar tufayli qish arafasida vahimaga tushib qolishgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Xorvatiyadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Energiya resurslari narxlari ko‘tarilmoqda. Yevropa bu qishni qanday o‘tkazish borasida xavotir olmoqda. Raqamlar juda yuqori. G‘arb bu raqamlarni nima qilish kerakligidan vahimaga tushgan. Umid qilamanki, bu qiyin vaziyat qabul qilingan eng yaxshi tarzdagi yechimlar yordamida bartaraf etiladi”, - dedi Turkiya rahbari.
Shu bilan birga Erdog‘an energiya resurslari narxlari o‘sishini jilovlash uchun qanday choralar ko‘rilishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.
G‘arb Putinga qarshi sanksiyalar hosilini o‘rmoqda – Erdog‘an
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va AQSh uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.