Cho‘lponotada MDH mamlakatlari IIV vazirlari kengashi yig‘ilishi boshlandi

Yig‘ilish ishtirokchilari jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar doirasidagi keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida MDH mamlakatlari Ichki ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston ichki ishlar vazirlari, shuningdek, MDH mamlakatlari uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish Burosi vakillari ishtirok etmoqda.
Ular jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasidagi keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqadi, o‘ta xavfli jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo dasturlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni tinglaydi.
Shuningdek, vazirlar MDH mamlakatlari ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorligi, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, o‘ta xavfli jinoyatchilarni qidirish, yangi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga oid masalalarni ham muhokama qilishadi.