TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Germaniya fureri rejasiga ko‘ra, Leningrad ham Moskva ham qo‘lga olinganidan so‘ng, yo‘q qilinishi kerak edi.
1941 yilning avgust oyi oxirida Germaniya qo‘shinlari sovet mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib shaharni quruqlik tomonidan to‘sib qo‘yishdi. Barcha daryo, temiryo‘l va avtomobil kommunikatsiyalar uzildi, lekin shimoliy poytaxt nemislarga taslim bo‘lmadi.
Yarim millionga yaqin leningradliklar tunu-kun mudofaa istehkomlari qurishar edi. Dushman Qishgi saroydan 16 km masofada to‘xtatildi. 1941-yilning 8-sentabr kuni Leningrad shahri atrofidagi qurshov halqasi yopildi.
Gitler yo‘riqnomasidan: "bu urushda biz aholining hatto kam qismini saqlab qolishdan manfaatdor emasmiz. Leningrad ertami kechmi taslim bo‘ladi, u ochilikdan o‘lishga mahkum etilgan".
Shundan so‘ng janglar xarakteri o‘zgardi. Dushman shaharni intensiv bombardimon qilishga o‘tdi. Shaharga minglab yondiruvchi bombalar yog‘ildi. Birinchi navbatda oziq-ovqat omborlari yo‘q qilindi.
1941 yilning noyabr oyidan boshlab shahar aholisi ommoviy qurbon bo‘la boshladi. Dafn etish xizmati ishchilari kuniga ko‘chalardan yuzlab odamlar jasadlarini yig‘ib olishar edi. Ular orasida bolalar ham juda ko‘p edi.