Bo‘stonliq tumanidagi Nanay ko‘prigi vaqtincha yopildi

"Nanay" MFY hududida joylashgan ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bo‘stonliq tuman hududidan o‘tuvchi 4R10 Chorbog‘ suv ombori yo‘lining 50 km dagi "Nanay" MFY hududiga olib boruvchi ko‘prik vaqtincha yopildi. Bu haqida Bo‘stonliq tumani hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, Nanay ko‘prigida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Nanay ko‘prigi
“Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li”ning 50 kilometrida joylashgan ko‘prikni ta’mirlash ishlari 1-oktabrga qadar davom etadi.
1 / 2
2 / 2
Shu sabab hududdagi “Nanay”, “Bog‘iston”, “Boladala” MFY hududlariga “Burchmullo” orqali boriladi.