Vladimir Norov Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

O‘zbekiston delegatsiyasi "Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik Kengashi - Markaziy Osiyo" strategik muloqotining birinchi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi. Bu haqida TIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan "Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik Kengashi - Markaziy Osiyo" strategik muloqotining birinchi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.