TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida Rossiyani yakkalashning iloji yo‘qligini aytdi.
“Kimdir Rossiyani qanchalik yakkalashga harakat qilmasin, bu haqda doim aytib kelganimizdek, buni amalga oshirishning iloji yo‘q. Buning uchun xaritaga qarash kifoya. Tabiiy raqobatdosh ustunliklarimizdan foydalanib, biz transport salohiyatimizni yuksaltirish, avtomobil va temir yo‘llar tarmog‘ini kengaytirish, dengiz terminallariga yangi yo‘laklar qurish va ularning quvvatini oshirishda davom etamiz”, - dedi Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.