TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumda Ukrainada Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanishi sabablarini yana bir bor tushuntirdi.
“Bu masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga bo‘lgan bir necha bor urinishlaridan so‘ng, Rossiya potensial raqibimiz harakat qilganidek, qurolli yo‘l bilan javob berishga qaror qildi. Biz buni ataylab qildik, barcha harakatlarimiz Donbassda yashovchi odamlarga yordam berishga qaratilgan. Bu pirovardida mamlakatimizni ichkaridan ham, tashqi siyosatdagi pozitsiyalarini ham mustahkamlashga olib keladi. Bu bizning burchimiz va biz uni oxirigacha bajaramiz”, dedi Putin.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.