Norov “Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi-MO” yig‘ilishida qanday takliflarni bildirdi

Ar-Riyodda “Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo” strategik muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Arabiston poytaxti Ar-Riyod shahridagi “Ko‘rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo” strategik muloqotining birinchi yig‘ilishida ishtirok etib, qator takliflarni ilgari surdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda Kengashga a’zo davlatlar - BAA, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, O‘mon hamda Markaziy Osiyo mamlakatlariQozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Sostoyalas pervaya vstrecha Strategicheskogo dialoga "Sovet sotrudnichestva arabskix gosudarstv Zaliva – Sentralnaya Aziya"
Uchrashuvda siyosat, xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar va sport sohalarida Kengashga a’zo mamlakatlar va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilindi.
Norov o‘z nutqida Kengashga a’zo mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Kengash va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish maqsadida Ishbilarmonlar kengashini tuzish, transport sohasida loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘li qurilishini jadallashtirish, shuningdek transport vazirlari yig‘ilishlari formatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Birgalikda klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish, oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar ta’limi markazlarining filiallarini ochish, ilmiy va akademik almashinuvlarni jadallashtirish, innovatsion ishlanmalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashning muhimligi qayd etildi.
Kengash va Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy merosini asrab-avaylash maqsadida hamkorlikda ko‘rgazma va konferensiyalarni tashkil etish, qo‘lozma fondini raqamlashtirish va qo‘shma virtual kutubxonalarni yaratish, muzeylarning bevosita aloqalarini rag‘batlantirish, tarixiy-arxeologik tadqiqotlar o‘tkazishni nazarda tutuvchi qo‘shma tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan tashabbuslar bildirildi.
Ta’kidlanishchia, uchrashuv ishtirokchilari e’tiboriga Afg‘onistondagi vaziyat haqida ma’lumotlar ham taqdim etildi. Delegatsiyalar O‘zbekistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar.
Norov bu muloqotning ikkinchi yig‘ilishini 2023-yili Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.