ShHT-2022: Samarqand sammiti

YeIK hay’ati raisi Masnikovich Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etadi

So‘nggi yillarja Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Shanhay hamkorlik tashkiloti o‘zaro hamkorlikni izchil kengaytirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Mixail Masnikovich 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Sammit joriy yilning eng asosiy voqealaridan biri bo‘ladi. ShTHga a’zo barcha mamlakatlar rahbarlari sammitda bevosita ishtirok etishlarini tasdiqlashgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega mamlakat yetakchilari tashrif buyurishi kutilmoqda.
Qayd etish joizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va ShHT o‘zaro hamkorlikni izchil kengaytirmoqda. ShTHning o‘tgan yili Dushanbeda bo‘lib o‘tgan yubiley sammitida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi, 2022-yil may oyida esa Moskvada YeIK hay’ati raisi Mixail Masnikovich va ShHT bosh kotibi Chjan Munning uchrashuvi bo‘lib o‘tda. Uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishning amaliy ishlari muhokama qilindi.
ShHT va YeOII – yirik tashkilotlar sanaladi. ShHT hissasiga dunyo YaIMning 30 foizdan ortig‘i, dunyo savdosining 16 foizdan ziyodi, dunyo aholisining 41 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi.
ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston a’zo.YeOIIga esa Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston a’zo. O‘zbekiston YeOIIda, Belarus esa ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega. Armaniston muloqot bo‘yicha hamkordir.