TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Prezident Administratsiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh maktab darsliklari, o‘quv rejalari va kitoblarning unga mosligi, bu sohadagi muammolar va uning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi.
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov qayd etishicha, ota-onalar, maktab ta’limi sifatiga befarq bo‘lmagan mamlakat aholisi shu yo‘nalishdagi muammolar, ularning yechimi haqida takliflarni onlayn yuborishlari mumkin.
“Agarda sizda shu yo‘nalishdagi muammolar, ularning yechimi haqida takliflar bo‘lsa, iltimos, mening k.allamjonov@adm.gov.uz elektron manzilimga yuborishingizni so‘raymiz”, deb yozadi Komil Allamjonov.
Aytilishicha, yuborilgan ma’lumotlar va takliflar holatga aniq diagnoz qo‘yish va uning davosini belgilashda katta yordam bo‘ladi.