TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya qurilish obyektlariga tanlab olingan quruvchi - migrantlarining taxminan 65 % Rossiyaga kiritilmadi, dedi qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin RIA Nedvijimost’ga Sharqiy iqtisodiy forumda (VEF).
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘tgan yili O‘zbekistondan mehnat migrantlarini Rossiya qurilish obyektlariga olib kelish bo‘yicha pilot-dasturini ishga tushirish to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Nomzodlar kirish ruxsatnomasini olish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, test topshirishi hamda koronavirusga qarshi emlanishi zarur.
"Migrantlarni charter olib kirish dasturi bo‘yicha 13 mingdan ortiq kishi tanlab olindi. Bugungi kunga qadar 4,5 mingdan ortiq migrant Rossiya Federatsiyasi hududiga uyushgan holda kirib kelgan", - dedi Stasishin.
Qolganlar hali Rossiyaga kira olmadi. Tanlab olingan ishtirokchilarning ko‘pchiligi daktiloskopiya (barmoq izlari) va tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan, deydi amaldor.
5-8 sentabr kunlari Vladivostokdagi Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universiteti kampusida VEF bo‘lib o‘tmoqda. RIA Novosti forumning bosh media hamkori sifatida ishlamoqda.