O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Belarusga sayohat qilishdi

Sayohatda fan olimpiadalari, sport, san’at va IT yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik 25 nafar o‘quvchi Belarus Respublikasidagi “Zubronok” Milliy bolalar ta’lim va sog‘liqni saqlash markazida dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunday imkoniyat Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Igor Karpenkoning taklifiga ko‘ra fan olimpiadalari, sport, san’at va IT yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga berilgan.
Shkolniki iz Uzbekistana otdoxnuli v lagere "Zubrenok" v Belarusi
“Iqtidorli o‘quvchilarimiz belarus va rossiyalik tengdoshlari bilan birga turli madaniy markazlar hamda tarixiy obidalarga sayohat qilishdi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga o‘quvchilar kompyuter to‘garaklari, ommaviy tadbirlar, sport musobaqalarida ham faol ishtirok etib, tibbiyot markazida turli tibbiy muolajalar olib qaytishdi.
Shkolniki iz Uzbekistana otdoxnuli v lagere "Zubrenok" v Belarusi