Orolbo‘yi pensionerlari poyezd va samolyot chiptalarini chegirma bilan xarid qilishlari mumkin

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan ayrim toifadagi shaxslarga temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalari sotish 50 foizli chegirma bilan sotiladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. 15-sentabrdan Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalari sotish 50 foizli chegirma bilan sotiladi.
Bu prezidentning 31-avgustdagi Qoraqalpog‘iston aholi farovonligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Transport vazirligi Moliya vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va rezident aviakompaniyalar bilan birgalikda bir oy muddatda yo‘lovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus tariflarni tasdiqlashi lozim.
Eslatib o‘tamiz, ilgari 2017−2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturiga muvofiq Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisi uchun temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalarini sotishda maxsus imtiyozli tariflar joriy etilgan edi.