TOShKENT, 6 sen — Sputnik. 3 sentabrdan boshlab Janubiy Koreya mamlakatga kelayotgan yo‘lovchilarga koronavirusga qarshi topshirilgan polimer zanjir reaksiyasi (PZR) testlarini taqdim etish talablarini bekor qildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bilan kirish uchun maxsus karantin shaklini havo kemasi bortida to‘ldirish va mamlakatga kirish chog‘ida karantin xizmati xodimlariga taqdim etish qoidalari saqlanib qoladi.
Janubiy Koreyaga kelgandan keyin sayyohlar 24 soat ichida COVID-19 ga PZR testini topshirishi, test natijalari to‘g‘risida esa karantin xizmatini elektron manzil orqali xabardor qilishi shart.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston iyun oyi boshida mamlakatga kelayotgan uchun barcha karantin cheklovlarini bekor qilgan edi.