G‘arb Putinga qarshi sanksiyalar hosilini o‘rmoqda – Erdog‘an

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning energetika inqiroziga tushib qolishiga uning o‘zi aybdor.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anning ta’kidlashicha, energetika inqiroziga tushib qolgan G‘arb o‘z ekkanini o‘rmoqda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“Bizda gaz bilan bog‘liq hech qanday qiyinchiliklar yo‘q. G‘arb haqiqatda o‘z ekkanini o‘rmoqda. G‘arbning munosabati, hurmatli Putinga nisbatan pozitsiyasi, sanksiyalar bunga olib keldi. Putin o‘zida mavjud barcha qurollardan foydalanmoqda. Afsuski, shunday vaziyat yuzaga keldi va menimcha, G‘arbda qish juda qattiq bo‘ladi. Bizda bunday muammo yo‘q”, - degan Erdog‘an matbuot anjumanida.

Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.