TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistonda joriy etilgan elektron kundalik (Kundalik.com) tizimining afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ota onalar onlayn tarzda quyidagi ma’lumotdan xabar bo‘lishadi:
farzandlarining darsga qatnashayotgani;
darsni qay darajada o‘zlashtirib borayotgani;
ertangi kungi uy vazifalari
Ma’lumotlar onlayn ravishda, tezkor aks ettirib boriladi.
Shuningdek Kundalik.com tizimi o‘qituvchilar uchun ham qator qulayliklar yaratadi. Ulardan eng muhimi vaqtni tejash. O‘rganishlar natijasida aniqlanishiga ko‘ra - buning har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejaladi.
Kundalik.com tizimiga obuna bo‘lish ota-onalar uchun ixtiyoriy sanaladi. Undan foydalanish pullik bo‘lib, yildan yilga arzonlashtirilib borilmoqda. Xususan, 2020-yilda uning yillik obuna narxi (365 kun) 9200 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 8600 so‘mni, 2022-yilda 8000 so‘mni tashkil etmoqda.
Foydalanuvchilar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar “O‘zbektelekom” serverlarida saqlanadi. Mazkur tizim O‘zbekistonning ichki internet tarmog‘i — TAS-IX hududida joylashganligi sababli platforma bilan ishlashda uyali aloqa operatorlari orqali foydalaniladigan internet-trafik sarflanmaydi.