“Dushanbe-Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd chiptalariga chegirma joriy qilindi

O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qatnovchi halqaro yo‘lovchi poyezdi chiptalariga 20% chegirmalar berildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishidagi 301/302-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdning chiptalariga 20% chegirmalar joriy qilindi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Rohi ohani Tojikiston” DUK rahbariyatlari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qatnovchi halqaro yo‘lovchi poyezdlarning chiptalar narxini pasaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, 6-sentabrdan boshlab “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishidagi halqaro yo‘lovchi poyezdining chiptalariga belgilangan chipta narhining tarif qismiga qo‘shimcha 20% chegirma berilishiga qaror qilindi.