Britaniyada Trassga qarshi namoyish uyushtirildi

Yig‘ilganlar “Trass yo‘qolsin!”, “Hisob-kitoblar oshib bormoqda, to‘lamaymiz!” degan shiorlar bilan hayqirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Britaniyaliklar mamlakat bosh vazirining Londondagi qarorgohi oldiga to‘planib, saylangan hukumat rahbari Liz Trassga elektr energiyasi narxi oshishi sababli qarshi chiqdi. Bu haqda “Sky News” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Dauning-stritda yuzga yaqin odam to‘plangan, ular transport harakatini to‘sib qo‘ygan. Yig‘ilganlar “Trass yo‘qolsin!”, “Hisob-kitoblar oshib bormoqda, to‘lamaymiz!” degan shiorlar bilan hayqirmoqda.
Bir kun avval Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Trass Konservativ partiya yetakchisi etib saylandi. Bugun u mamlakat bosh vaziri etib tayinlanadi va mamlakat tarixida bu lavozimdagi uchinchi ayolga aylanadi.