TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro savdo aloqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi hajmini oshirmoqda.
Bu haqida Rossiya Qishloq xo‘jalik vaziri Dmitriy Patrushevning O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xujayev bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Xususan, Rossiya O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i, bug‘doy, shakar, qandolat mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyor, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiyadan O‘zbekistonga qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berish o‘tgan ili 20%ga o‘sgan bo‘lsa, ushbu yilning 7 oyida esa uchdan biri baravar oshgan.