O‘zbekiston Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir etilgan teraktni qoraladi

TIV g‘ayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir etilgan teraktni qoraladi.
Kobuldagi Rossiya Federatsiyasining konsullik bo‘limi yaqinida 2022-yil 5-sentabr kuni sodir etilgan hamda diplomatik vakolatxona xodimlari va Afg‘oniston fuqarolarining qurbon bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qat’iy qoralaymiz”, - deyilgan rasmiy bayonotda.
O‘zbekiston g‘ayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirgan.
“Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida ro‘y bergan terakt oqibatida Rossiya diplomatik missiyasining ikki nafar xodimi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.