Metro yo‘lovchilari soni kuni 200 mingdan oshishi prognoz qilinmoqda

Yo‘lovchilar sentabr oyida bir kunda 550-580 ming, oktabr oyida esa 600 mingga yetadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Toshkentda sentabr oyidan boshlab metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan kuniga 200 mingdan oshishi kutilmoqda. Bu haqida "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra yo‘lovchilar sentabr oyida bir kunda 550-580 ming, oktabr oyida esa 600 mingga yetadi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan metropolitendan foydalanish qoidalariga amal qilishlarini so‘ramoqda.

“Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.