Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

MAGATE missiyasi ZAESni 6-sentabr kuni tark etadi

Ayni damda Zaporojye AESida 13 kishidan iborat MAGATE delegatsiyasi bo‘lib turibdi. Ular stansiyadagi radiatsion fon hamda zarbalar oqibatida yetkazilgan zararni baholashmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. MAGATE delegatsiyasining Zaporojye AESdagi missiyasi 6-sentabrda yakunlanadi, ularning keyingi rejalari noma’lum. Bu haqda Zaporojye ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“Delegatsiya 5-sentabrda ham ishlamoqda, shundan so‘ng uning missiyasi tugaydi va ular 6-sentabrda jo‘nab ketishadi. Ularga har tomonlama yordam ko‘rsatildi. Biz AESdagi vaziyat xolis va muvozanatli baholanishidan manfaatdormiz”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir AESda 13 kishidan iborat MAGATE delegatsiyasi bo‘lib turibdi.
“MAGATE vakillari doimiy ravishda AESda qoladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq tushuncha yo‘q”, dedi Rogov.
Avvalroq MAGATE bosh direktori Rafael Grossi agentlik missiyasi zarur bo‘lgan vaqtgacha Zaporojye AESda qolishini ma’lum qilgandi. O‘tgan hafta agentlik rahbari Rafael Grossi boshchiligidagi MAGATE missiyasi Zaporojye AESga yetib keldi. “Rosatom” delegatsiyasi rahbari va Zaporojye AES xodimlari MAGATE delegatsiyasiga stansiyaning Ukraina qo‘shinlari o‘qqa tutish vaqtida zarar ko‘rgan uchastkalarini ko‘rsatdi. Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, MAGATEning ikki xodimi Zaporojye AESda doimiy ravishda qoladi.