TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Liz Trass Britaniya konservatorlari rahbari etib saylandi va u bosh vazir lavozimini egallaydi. Bu haqda hukmron Konservativ partiya boshqaruv qo‘mitasi rahbari Grem Breydi ma’lum qildi.
Trass partiya a’zolarining 81,3 ming ovozini oldi. Uning raqibi, sobiq moliya vaziri Rishi Sunak 60,4 ming ovoz olgan. G‘olib elektr energiyasi narxi oshishiga qarshi kurashishga va soliqlarni kamaytirishga va’da berdi.
Amaldagi bosh vazir Boris Jonson o‘z vakolatlarini 6-sentabrdan ertaroq partiyaning yangi rahbariga o‘tkazadi.
2019 yilda Tereza Meyning o‘rniga bosh vazir lavozimini egallagan Jonson 7-iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. Umuman olganda, 11 nafar parlamentariy dastlab Konservatorlar yetakchisi va Britaniya bosh vaziri lavozimiga nomzodini qo‘yish istagini bildirgan edi, bosh vazirlik uchun poyga chog‘ida ulardan to‘qqiz nafari saylovdan voz kechdi.
Ovoz berish pochta orqali bo‘lib o‘tdi va uning boshlanishi kechiktirilganiga qaramay, 2-sentabr kuni yakunlandi.