Xodjayev Moskvada mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya jalb qilish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rossiyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev “Uralxim” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda respublika Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.
Uchrashuv O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan. Unda kimyo sanoati sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, 3-sentabr kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida delegatsiyaning Rossiyaning qurilish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, chakana savdo, yashil iqtisodiyot va ko‘chmas mulk kabi sohalarda faoliyat yurituvchi bir qator yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzida ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari, jumladan, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, tajriba va texnologiyalar almashish, innovatsiyalarni joriy etish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro manfaatli boshqa masalalar muhokama qilindi.
Rossiya biznesi 2022-yilning yarim yilligida O‘zbekistonda 399 ta korxona yaratgan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich.
O‘zbekistonda Rossiya korxonalarining soni yildan-yilga oshib bormoqda. Ayni paytda respublikada Rossiya kapitalidagi 2 654 ta korxona faoliyat ko‘rsatadi. Bu mamlakatda xorijiy investitsiyadagi deyarli har beshinchi kompaniya degani.
O‘zbekiston Rossiya bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini kengaytirish niyatida