Turkiyada olti qavatli noodatiy masjid ochiladi

Yangi masjid 6 qavatdan iborat bo‘lib, turar-joy binosiga biriktirilgandek bunyod etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Turkiya poytaxti Anqara shahridagi Esertepe masjidi qurilish boshlanganidan 11-yil o‘tib nihoyat ochilish arafasida. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Masjidning arxitekturasi o‘ziga xos bo‘lib, 6 qavatdan iborat va turar-joy binosiga biriktirilgandek bunyod etilgan.
Qayd etilishicha, Usmonlilar davri masjidlarining eng yaxshi namunalari joylashgan bir mamlakatda, olti qavatli masjid o‘zining g‘alati arxitekturasi bilan tanqidga uchragan, dizaynerlar esa qurilgan landshaftning tabiati tufayli uni zarurat sifatida himoya qilgan.
“Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra masjidga o‘xshamasa-da, ammo hozir masjidimiz hududimiz uchun eng yaxshi diqqatga sazovor maskanga aylandi”, - degan mahalliy aholi vakili Adnan Ardich.
Avvalroq, Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilgani haqida xabar bergan edik.