Tramp Baydenni “davlat dushmani” deb atadi

AQShning sobiq prezidenti amaldagi Oq uy rahbarini mamlakat dushmani deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nuqt so‘zlayotgan paytda mamlakatning amaldagi rahbari Jo Baydenni “davlat dushmani” deb atadi.
“U davlat dushmani... Davlat dushmani – u va uni nazorat qilayotgan, uning atrofida girdikapalak bo‘layotgan guruh: “Buni qil, Jo, uni qil, qo‘lingdan keladi, Jo”, - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning nutqi “eng g‘azabli, nafratga to‘la bo‘lgan”.
Tramp Baydenning Donald Trampni qo‘llayotgan respublikachilar va uning “Make America Great Again” (MAGA, “Amerikani yana buyuk davlatga aylantiramiz”) dasturi mamlakat asoslariga tahdid soluvchi kuch degan so‘zlariga shunday munosabat bildirgan.
Tramp va Bayden 2020-yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida raqib bo‘lishgandi. Saylovda Baydenning qo‘li baland keldi, ammo Tramp va uning tarafdorlari natijalardan rozi bo‘lishmadi. Tramp hozirgacha Bayden saylovda noqonuniy yo‘l bilan g‘alab qozongan deb hisoblaydi va saylov natijalarini bekor qilishga chaqirib keladi.