Haftaning dastlabki kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi haftaning dastlabki to‘rt kunida havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat maksimal +39 darajagacha ko‘tariladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. 5-8 sentabr kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi haftaning dastlabki to‘rt kunida Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-sentabr kuni kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +35...+40 daraja, 6-sentabr kuni esa kechasi +17...20 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi. 7-sentabrda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja, 8-sentabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7 sentabrda kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +34...+39 daraja, 8-sentabrda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7 sentabrda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +34...+39 daraja, 8-sentabrda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +18...+23 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo harorati ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 5 va 8-sentabrda +32...+37 daraja, 6-7 sentabrda +34...+39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi 5-7 sentabrda +27...+32 daraja, 8-sentabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.