Britaniyadagi zavodlarning 60 foizi elektr energiyasi qimmatlashishi sabab yopilishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, agar Birlashgan Qirollik hukumati korxonalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rmasa, ishlab chiqarish sohasidagi hozirgi pasayish kelajakda yanada yomonlashishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Elektr energiyasi narxining oshishi sabab bilan Buyuk Britaniyadagi o‘nta zavoddan oltitasi o‘z ishini to‘xtatish yoqasida. Bu haqda Bloomberg Britaniya ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi MakeUK ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Hozirgi inqiroz korxonalarni jiddiy tanlov oldiga qo‘yadi. Tez orada yordam bo‘lmasa, ishlab chiqarishni qisqartirish yoki kompaniyani butunlay yopish kerak bo‘ladi”, — deyiladi MakeUK hisobotida.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yilda har ikkinchi korxona uchun elektr energiyasi narxi ikki baravardan ziyodga oshgan. Shu bilan birga Britaniyadagi 13 foiz fabrika ish soatini qisqartirgan yoki uni energetika uchun yuklamaga kam bo‘lgan soatga o‘tkazgan, 7 foizi esa mahsulot ishlab chiqarishni uzoq muddatga vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.
G‘arb mamlakatlari, jumladan, Buyuk Britaniya Moskvaga qarshi sanksiya joriy etish va Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish sabab elektr energiyasi narxi oshishiga duch keldi.
Britaniya elektr energiyasi narxi oshishi sabab yuzaga keladigan tartibsizliklarga tayyorlanyapti