Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiyning Qrimni qaytarish haqidagi g‘oyasi bema’nilik – Shroder

Germaniya sobiq kansleri Kiyev Qrimni harbiy yo‘l bilan qo‘lga kirita olmasligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Kiyev Qrimni harbiy yo‘l bilan qo‘lga kirita olmaydi. Bu haqda Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shroder Ispaniyaning “ABC” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Uning fikricha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrimni Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan bosib olish haqidagi g‘oyasi bema’nilik.
“Prezident Zelenskiyning Qrimni harbiy yo‘l bilan qaytarish g‘oyasi ma’nosiz”, - deydi Shroder.
Germaniya sobiq kanslerining ta’kidlashicha, Qrim faqat SSSR rahbari Nikita Xrushovning shaxsiy qarori sababli Ukraina SSR tarkibiga kirgan.

“Va u SSSR katolik cherkovi kabi uzoq umr ko‘radi, deb o‘ylagani uchun shunday qildi, xayriyatki, bunday bo‘lmadi”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq, Zelenskiy “Qrim platformasi” onlayn sammitidaqilgan videomurojaatida Kiyev ozod qilingan Xarkov, Lugansk, Donesk, Zaporojye, Xerson viloyatlari, Qrim, shuningdek Qora va Azov dengizlarini tortib olishini aytgan edi. Qrim viloyatining Davlat dumasi deputati Mixail Sheremet RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida bu bayonotni jinoyat deb atadi va Rossiya o‘z hamda ozod qilingan hududlarini himoya qilishga qodirligini bildirdi.